Ulanish

Birinchi oy — bepul

Bir oy davomida kompaniyangiz qanday tuzilganini o‘rganamiz, Pulse Data’ni unga moslashtiramiz va tizimda jamoangiz bilan birgalikda ishlaymiz. Narxni keyinroq, sizning ma’lumotlaringiz asosida muhokama qilamiz.

Jarayonlarni o‘rganamiz, tizimni sozlaymiz va unda siz bilan birgalikda ishlaymiz. Narxini keyin muhokama qilamiz.

Demoga o‘tish

Oy qanday o‘tadi

Birinchi qo‘ng‘iroqdan tortib, sizning obyektlaringiz, rollaringiz va qoldiqlaringiz bilan ishlaydigan tizimgacha.

  1. 11-kun

    Qo‘ng‘iroq va namoyish

    Tizimni sizning misollaringiz orqali ko‘rsatamiz: ariza, ombor, to‘lov

  2. 21-hafta

    Jarayonlarni o‘rganamiz

    Arizalar, ombor, shartnomalar va to‘lovlar qanday yuritiladi, kim nimani tasdiqlaydi

  3. 31–2-haftalar

    Sozlaymiz

    Obyektlar, omborlar, rollar, yetkazib beruvchilar va Telegram’dagi prorablar. Qoldiqlarni Excel’dan yuklaymiz

  4. 42–4-haftalar

    Birga ishlaymiz

    Dastlabki arizalar, kirimlar va reyestrlar. Hujjatlaringiz asosida har bir rolni o‘rgatamiz

  5. 5Oy oxiri

    Yakun

    Nima o‘zgarganini ko‘rsatamiz va shartlarni muhokama qilamiz

Pulse Data xodimi va prorab obyektdagi materiallarni tekshirmoqda

Sizdan nima kerak va nima olasiz

Sizdan kerak bo‘ladi

  • Siz tomondan mas’ul shaxs
  • Obyektlar va omborlar ro‘yxati
  • Excel’da boshlang‘ich qoldiqlar, agar ombor yuritsangiz
  • Yetkazib beruvchilar va prorablar ro‘yxati

Bir oyda olasiz

  • Obyektlaringiz, rollaringiz va qoldiqlaringiz bilan sozlangan tizimni
  • Ishlab turgan dastlabki arizalar, kirimlar va reyestrlarni
  • Tizimda ishlashni biladigan jamoani
  • Ma’lumotlaringiz asosida hisoblangan tushunarli narxni

Savollar

Javob topmadingizmi? Qo‘ng‘iroq qilib, kompaniyangiz misollari bilan tushuntirib beramiz.

Yo‘q. Pulse Data brauzerda ishlaydi, prorablar esa Telegram’da xabarnomalar oladi.

Ha. Interfeys mobil telefon uchun alohida moslashtirilgan, shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri obyektda ishlash qulay.

Hozircha o‘zbek va rus tillari mavjud. Til sahifani yangilamasdan almashtiriladi, kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi.

Buxgalteriya va soliq hisoboti sizning hisob dasturingizda qoladi, Pulse Data esa undan oldin: ariza, berish va to‘lov bo‘yicha qaror paytida ishlaydi. Ommabop hisob dasturlari bilan integratsiya ishlab chiqilmoqda.

Narxni individual hisoblaymiz: uni suhbatda muhokama qilamiz va bepul oy yakunida ma’lumotlaringiz asosida aniqlashtiramiz.

Ha. Modullar o‘z maromida ulanadi: xaridlardan boshlab, ombor va to‘lovlarni keyinroq qo‘shish mumkin.

Boshlang‘ich qoldiqlar va ma’lumotnomalarni jadvallaringizdan solishtirib yuklaymiz. Tarixni ko‘chirish shart emas.

Bepul oydan boshlaymiz

Telefon raqamingizni qoldiring — qo‘ng‘iroq qilamiz, tizimni sizning misollaringizda ko‘rsatamiz va boshlash haqida kelishib olamiz.

Demoga o‘tish